Get Mystery Box with random crypto!

Qoramollarda psoroptoz kasalligini davolash va oldini olish bo | Vet vrachlar

Qoramollarda psoroptoz kasalligini davolash va oldini olish bo'yicha tavsiyalar

Davolashda eng yuqori samara beruvchi, zaharsiz va iqtisodiy jihatdan foydali bu oltingugurtdir. Uni 2% li suspenziya qilib 2 marotaba 8-12 kun oralatib surtiladi.

Sovuq paytlarda nosog‘lom podalarni davolashda dust ikki marotoba ishlatilishi tavsiya etiladi, shuningdek, fosfor organik birikmalarni aerozol shaklida ishlatish mumkin: akrodeks, dermatazol, siodrin, psoroptol va boshqalar.

Qoramol podasida kelgusi yil qishda psoroptoz kasalligi kelib chiqmasa sog‘lom deb hisoblanadi. Hozirgi kunlarda ivomek, sidektin rustomektin, baymek dorilarini ishlatib yuqori natija olinmoqda. Bu preparatlar 0,2 g/kg miqdorda 2 marotaba bir hafta oralatib teri ostiga inyeksiya qilinadi. Ektopor, ektomin, proteid va uning guruhidagi dorilarni ham ishlatish mumkin.


Qutur kasalligi;https://qomus.info/oz/encyclopedia/p/psoroptoz/

https://t.me/veterinariya_kasalliklari