Get Mystery Box with random crypto!

Vatan she'rlari

Telegram kanalining logotibi vatan_haqida_sherlar — Vatan she'rlari V
Telegram kanalining logotibi vatan_haqida_sherlar — Vatan she'rlari
Kanal manzili: @vatan_haqida_sherlar
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.10K
Kanalning ta’rifi

Vatan haqidagi she'rlar✨
Asosiy kanalimiz shu.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-03-31 08:35:31 Boringa shukur,ey ona yurtim

Yurtidan ayrilgan insonlar qancha,
Bir burda nonga zor bo'lganlar qancha
Urushning qurboni bo'lganlar qancha
Boringa shukur,ey ona yurtim

Sen uchun jon berdi mard o'g'lonlaring
Sening sog'inchingda kuydi Boburiy
Sen uchun she'rlar yozdi shoirlaring
Boringga shukur,ey ona yurtim

Shirindan shirin ne'matlaring bor
Tinchlik posboni bo'lgan mard og'lonlaring bor
Zilol suv,musaffo osmonlaring bor
Boringga shukur,ey ona yurtim

Muallif:Shokirova Zamzamoy
72.9K viewsedited  05:35
Ochish/sharhlash
2021-03-12 07:28:31 Vatan

Sumanbar satrlar
Yog'ilar ko'kdan
Go'zallik ko'karar
Mehrdan,so'zdan
Lekin bari ojiz
Senday chamandan
Osmonday ochilgan
Gulimsan,Vatan!

Bulutlar o'rmalab
Samoni tutar
Chaqmoqning ovozin
Zamin ham kutar
Yerning yelkasiga
Bosh qo'yar quyosh
Navoga aylangan
Qushimsan,Vatan!

Ajdodlar ruhi
Oy sari shoshar
Olis yulduzlarga
Yurak tutashar
Ulug' manzillarni
Ko'zlar avlodlar
Yurakka eng yaqin
Yo'limsan,Vatan!

Zamin kulgusidan
Shodmonlik unsin
Jamalak sochiga
Turmaklansin jon
Butun ro'yi jahon
Mehrga to'lsin
Osmon qadar yurak--
Menimsan,Vatan!
70.0K views04:28
Ochish/sharhlash
2021-03-06 13:59:31
ЮРТ БАЙРОҒИ

Элнинг эрку ғурурин –
Рамзи, бахт чароғи бу.
Озод юрт байроғи бу,
Обод юрт байроғи бу!

Улуғ боболар руҳи
Шаҳди мужассам унда.
Элим деган эрларнинг,
Аҳди мужассам унда.

Мустақиллик шукуҳи,
Қадри мужассам унда.
Кўзимиз қароғи бу –
Озод юрт байроги бу.

Юксакларда ҳилпираб –
Порлаб турар ҳамиша.
Буюк ғалабаларга
Чорлаб турар ҳамиша.
Эзгулик маёғи бу,
Озод юрт байроғи бу!
63.1K views10:59
Ochish/sharhlash
2021-03-03 16:41:41 Yurtim ado bo'lmas armonlaring bor

Muhammad Yusuf

Yurtim, ado bo'lmas armonlaring bor
Toshlarni yig'latgan dostonlaring bor
O'tmishingni o'ylab og'riydi jonim
Ko'ksing to'la shahid o'g'lonlaring bor

Bag'rim o'rtar bir o'y ahor ayyomlar
Oy borgan yoqlarga termulib shomlar
Aybin bilmay ketgan Akmal-Ikromlar
Fayzullodek mardi-maydonlaring bor

Yurtim ko'nglingdek keng osmonlaring bor
Yulduzni yig'latgan dostonlaring bor
Osmonlaringdan ham diydoringga zor
Jayrondek termulgan cho'lponlaring bor

Qo'ling qadog'iga bosay yuzimni
Onamsanku,og'ir olma so'zimni
Qayinbarglar yopib qaro ko'zini
Olislarda qolgan Usmonlaring bor

Alhazar,alhazar ming bor alhazar
Ana,yurishibdi kiyganlari zar
Qodiriyni sotib shoir bo'lganlar
Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor

Qurboning bo'layin ey onajonim
Sening faryodlaring mening fig'onim
O'tmishingni o'ylab o'rtanar jonim
Aytsam ado bo'lmas armonlaring bor
64.6K views13:41
Ochish/sharhlash
2021-02-28 05:05:55 Vatan tug'i

Hamid Olimjon

Men Turkistonli,mag'rur bir turkman
G'ururim cheksiz,yo'lim istiqlol
Kurashda doim do'stlarla sherikman
Tug'imiz nishoni--yulduzla hilol

Tug'imiz bamisoli ko'k bilan taqlid
Ko'kning nishoni bizga-da simvol
Bu tug' ostinda minglab mujohid
Kurashar olmoq uchun milliy istiqlol

Turkiston o'lkam, jonajon yurtim
Noming jaranglar burro tillarda
Senda quvonib,ochilsin bag'rim
Mehring joylashgan toza dillarda
52.4K views02:05
Ochish/sharhlash
2021-02-23 17:35:58 O'zbekiston
Qalblarda ko'p orzu-armon
Yashagin,deb alvon-alvon
Ter to'kamiz marjon-marjon
Mehribonim O'zbekiston

Taratib olamga shoning
Xirmonlardan toshsa doning
Nurday kulsa shirmon noning
Onajonim,O'zbekiston

Umidingmiz,bizga ishon
Ilmu fanda topib imkon
O'sib,yuzlab ochgaymiz kon
Jonajonim O'zbekiston

Dadil qadam tashlagaysan
Jahonaro yashnagaysan
Xalqni baxtga boshlagaysan
Baxt makonim O'zbekiston!
68.1K views14:35
Ochish/sharhlash
2021-02-19 05:06:58 ХАЙРЛИ ТОНГ
У́ЗБЕГИМ...

Хайирли тонг У́збегим
Мениг ширин су́злигим
Оппок, к,алб имонлигим
Бу кун у́тсин хайирли

Хайирли тонг У́збегим
Тиллоларга тенглигим
Сизга яхши тилагим
Ку́рганда ку́ришгудагим
Бу кун у́тсин хайирли

Хайирли тонг У́збегим
Эгнида ту́н бошда ду́ппи белбоґлигим
Хар ишга тайёрлигим
Бу кун у́тсин хайирли

Хайирли тонг У́збегим
Доим дуогу́йлигим
Бошда турар ру́молим
Химоячи к,у́рґоним
Бу кун у́тсин хайирли

Хайирли тонг У́збегим
К,ора мунчок, ку́злигим
Умрларга давомчим
Аллох берган к,увончим
Бу кун у́тсин хайирли

Хайирли тонг У́збегим
Ширингина су́злигим
Пок к,алб имонлигим
Жон куяр куюнчагим
Бу кун у́тсин хайирли

Бошимдаги давлатим
Юрганимда савлатим
Ота Онам мансабим
К,илсин дунё хавасин
Бу кун у́тсин хайирли

Хайирли тонг У́збегим
Сирдошим жигарларим
Сизга фидо бу жоним
У́збегим пахловоним
Бу кун у́тсин хайирли
51.8K views02:06
Ochish/sharhlash
2021-02-17 06:59:40 Baxtli bolalar o'lkasi

Anvar obidjon

Otajonim baxtimdir
Onajonim baxtimdir
Chiroylidan chiroyli
Shu makonim baxtimdir

Toki tinchdir bu makon
El shodon,yo'l charog'on
Baxtli bolaligimga
Posbondir O'zbekiston
50.5K views03:59
Ochish/sharhlash
2021-02-17 06:47:54 O'zbek elim

O'zbek elim
Bek elim
Senga nasib
Erk elim

Peshananga
Nur tegib
Kamol topgin
Baxt emib

O'zingni o'z
Tug'ing bor
Mustaqillik
Cho'g'ing bor

Bobom Temur
Suygan xalq
Dunyo uzra
Yayrab balq
50.9K viewsedited  03:47
Ochish/sharhlash
2021-02-14 09:20:49 Azizlar,sizlarga she'r taahlayverib Vatan haqida she'r qolmayapti Lekin Vatan haqida yangicha she'r tashlashga harakat qilamiz
40.6K views06:20
Ochish/sharhlash