Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekman Yangi bir asrning ostonasi bu Yetishdim umrimning q | Vatan she'rlari

O'zbekman

Yangi bir asrning ostonasi bu
Yetishdim umrimning qutlug' yoshiga
Tilimda shukrona,dilimda g'ulu
Tarix sarkotibin keldim qoshiga

Mana,men-O'zbekman,qo'limda tu
Va barcha a'molim bitilgan kitob
Shuning ichidadir borim va yo'g'im
Shuning ichidadir men uchun oftob

O'zbekman,inshaalloh,iymonim butun
Tilim qisiq emas bashariyatdan
Kimgadir tengdirman,kimdandir ustun
Zuvalam qorilgan samimiyatdan

O'zbekman,gohida iqbolim kulib
Gohida o'zimdan chiqqan ofatim
Dunyoni olsam-da jahongir bo'lib
Go'dak yig'isiga yo'qdir toqatim

O'zbekman qanchalik jafo chekmayin
O'zimga haq bo'dim o'zimga haqman
Yashadim yovlarga bo'yin egmayin
Bu kun o'z erkiga erishgan xalqman

Istiqlol ketma yurt peshonasidan
Tole,tark etmagin bizni ilohim
Mana,yangi asr ostonasidan
O'tdim.BISMILLAHI ROHMANI ROHIYM