Get Mystery Box with random crypto!

#haqida Santa qanday kelib chiqqani haqida Disclaimer: Bu | I got a bad idea🚬

#haqida

Santa qanday kelib chiqqani haqida

Disclaimer: Bu post bayramni nishonlash yoki nishonlamaslik uchun propaganda qilmaydi.

Santa Klausning tarixi haqida o'qish qiziqarli. U sizni xuddi Alisa Mo'jizalar mamlakati darvozasiga kirgandagi quyon o'rasiga o'xshash tubsizlikka tushirib yuboradi. Demak, boshladik.

Eng avvalo, IV asrda zamonaviy Turkiya hududida yashagan Avliyo Nikolay (Santaning prototipi deb aytiladi) na qizil kamzul kiygan va na Rojdestvo bayramlaridagi soqolli bobo bilan hech qanday aloqasi bo'lmagan.

Bir kuni u uchta opa-singilni fohishalikdan (otasining ularni turmushga berish uchun sepiga puli yo'q edi) qutqaradi. Avliyo ularning uyiga chordoq derazasidan tilla tanga tashlab ketadi. Aftidan, uyga mo'ri orqali tushib, qoldirib ketiladigan Rojdestvo sovg'alari an'anasi shu yerdan kelib chiqqan.

Xristian cherkovi Avliyo Nikolay kunini 6-dekabr kuni nishonlaydi. 24-dan 25-dekabrga o'tar kechasi (qishki tengkunlik vaqti)da esa qadimgi yevropaliklar orasida butparastlik bayrami bo'lib, ularning hammasi olov atrofida aylanib, mast bo'lib raqsga tushishgan va o'zaro qovushishgan.

Skandinaviyaliklar orasida esa, umuman olganda, bu kechada g'azablangan Odin osmonda qo'rqinchli ruhlar, Valkiriyalar va boshqa jinlar hamrohligida uchib yurgan. Demak, shu yerdan Rojdestvo chanaga qo'shilgan bug'ular va oy fonida tungi parvozlar paydo bo'lgan. Yordamchi troll-elflar ham shular jumlasidan.

Bir paytlar Yevropada xristianlar kichik va e'tiborga loyiq bo'lmagan diniy sekta bo'lgan xolos. Lekin ular kutilmaganda Yevropada keng tarqalib ketishadi, asosiy din sifatida xristinalik butparaatlikni siqib chiqaradi. Endi ularga yangi bayram kerak edi, shunda rohiblar butparastlarning bayramini shafqatsizlarcha o'zlashtirib, uni Rojdestvo bayramiga aylantiradilar. Xuddi, bugungi kunda "anaqalar" beg'ubor kamalakni bezbetlarcha o'zlashtirib olganidek (ularga kim huquq bergan o'zi?!).

Butparastcha gulxan borib-borib oxir-oqibat qulay uy kaminiga aylanadi. Avliyo Nikolay (Gollandiyaliklar uni qizil yepiskop liboslarida tasvirlashgan) esa asta-sekin Rojdestvo ota bo'lib qoladi.

Aytgancha, oppoq soqolli, qorin qo'ygan quvnoq bobo obrazini yozuvchi Charlz Dikkens "Rojdestvo qo'shig'i" asarida atigi 200 yil oldin kashf qilgan. Mana Dikkensni zamonasining haqiqiy influenceri desa bo'ladi. Bundan avval, Father Christmas ko'proq g'amgin o'rta maktab fizika o'qituvchisiga o'xshab ketardi.

Va bularning barchasini 20-asrda Buyuk Amerika imperiyasi (bugungi kunda barchamiz yashayotgan) va Gollivud (boshqa kim?) ushbu an'analarni, ya'ni skandinav, golland, ingliz va katolik cherkovining g'oyalarini o'zaro qo'shib, aralashtirib yuboradi. SSSRda Rojdestvo bo'lmagan, kommunistlar bu an'analarni Yangi yilga ko'chirishadi.

Xo'sh, butun dunyoga eksport qilingan va bugungi kunda biz yaxshi biladigan Santa Klausning so'nggi versiyasi faqat 1980-yillarda dunyoga mashhur bitta gigant kompaniya buyurtmasi bilan kichik reklama agentligi tomonidan yaratilgan.

Ushbu kompaniya esa Coca-Cola deb ataladi.

manba

@boredpandablog