Get Mystery Box with random crypto!

Sekin savoblarim yo‘lini yopib Bamdodni yo‘qottim uyquni topib | 𝚅𝚊𝚛𝚍𝚊𝚝𝚞𝚗_𝚗𝚒𝚜𝚊𝚊



Sekin savoblarim yo‘lini yopib
Bamdodni yo‘qottim uyquni topib...

Jahannam qizigan unga men a'zo
Sababi Peshin ham bo‘libdi qazo...

Ovora bo‘libman quray deb qasr
Axamiyat bermay kelganda asr...

Dunyoda olay deb yaxshi bir maqom
Joynamoz eskirdi o‘tib ketib shom...

Foniy olamni deb qaribdi bu jon
Hatto o‘qimayin bir bora hufton...

Dedilar uzrni o‘zingdan qidir
Bu paytda kechikib qolgandi vitr...

Allohim bizlarni qilmaydi unut
Sajda qildim dami kelgach tahajjud...

Endi ko‘zim ochdim bo‘lganda bamdod
Peshinni ham o‘qiy boshladim obod...

Shom-u asrda ham joynamozda men
Tor bo‘lgan dunyolar endi bo‘ldi keng...

Huftonning nurlari tunim yoritsin
Vitr har kun yo‘qlab meni qaritsin...


@vardatun_nisaa