Get Mystery Box with random crypto!

#Sirdaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon | Vacancy.argos.uz | Vakansiyalar portali

#Sirdaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

Guliston shahar hokimligi: "Istiqlol" mahallasidagi hokim yordamchisi;

Kadastr agentligining Shirin shahar bo'limi: Yetakchi inspektor;

Shirin shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi: Ta'lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarini muvofiqlashtirish bo'yicha bosh mutaxassis;

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Boyovut tumani bo'limi: Bosh mutaхassis;

Guliston tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi: Bosh buxgalter;

Kadastr agentligining Sayxunobod tumani bo'limi: Yetakchi inspektor;

Sayxunobod tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Guliston" mahallasidagi yoshlar yetakchisi.

Arizalar 21.05.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot

Vakansiyalar kanali — @vacancy_argos