Get Mystery Box with random crypto!

E’lon va oddiy reklama o‘rtasida qanday farq bor ? Biz axbo | Uz Social

E’lon va oddiy reklama o‘rtasida qanday farq bor ?

Biz axborot davrida yashayapmiz. Avvallari inson hozirgidek ko‘p ma’lumotni qabul qilmagan edi. Zamonaviy odam miyasi kirib kelayotgan ma’lumotni tizimlashga o‘rganib, uni joy-joyiga taqsimlashga o‘rgandi. Qiziq bir fakt, ko‘zimiz oldida har kuni qayta-qayta paydo bo‘ladigan narsalarga vaqt o‘tib e’tibor bermay qo‘yamiz.

Bu aslida oddiy reklamaga tegishli. Biz uni har yerda: ko‘chada, internetda, ishxonada, telefonda va shu kabi boshqa joylarda ko‘ramiz. Miyamiz esa ma’lumot bilan yaxshi tanish bo‘lgani sabab, unga ortiqcha e’tibor qaratib o‘tirmaydi. Reklama e’lonlarini to‘g‘ri tuzish bo‘yicha ko‘plab qoidalar mavjud:
harakat, cheklangan vaqt, chegirmalar va hokazo.

Bularning barchasi hamisha oz bo‘lsada o‘z natijasini beradi. Ammo bu ko‘pchilik uchun yangilik emas. Hattoki, ongimiz uchun ham.
Vaqtlar o‘tib miyamiz “Balki bu menga haqiqatdan ham kerakdir?” degan savolni bermay qo‘yadi. U ma’lumotni keraksiz va oddiy reklama sifatida qabul qiladi.

Xaridorni faqatgina qiziqarli va noodatiy yondashuvga ega ma’lumot jalb eta oladi. Faqat shu orqaligina xaridor va sotuv jarayonlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatilishi mumkin.

E’lonning asosiy maqsadi ham aynan shunda : xaridorni o‘z xohishi bilan nimadir sotib olishga majbur qilish.