Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT E'LON O‘zbekiston Milliy universitetI Jizzax fili | UZMU🏛JIZZAX🎓TALABALARI

DIQQAT E'LON

O‘zbekiston Milliy universitetI Jizzax filiali talabalarining yozgi ta’til davrini mazmunli o‘tkazish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yangi O‘zbekiston-mening nigohimda” mavzusida videoroliklar tanlovini e'lon qiladi.

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida tahsil olayotgan talabalar o‘zlarining ushbu mavzu ostidagi videoroliklari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovning tashkil etish va o'tkazish jarayoni filial Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.

Endi so'z tanlovning eng qiziq nuqtasi mukofotlar haqida ketadi


Tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar, yangi o‘quv yilining birinchi oyida quyidagi tartibda pul mablag‘lari va diplomlar bilan rag‘batlantiriladi:

1-o‘rin - 1 000 000 (bir million) so‘m;

2-o‘rin - 500 000 (besh yuz ming) so‘m;

3-o‘rin - 300 000 (uch yuz ming) so‘m.

Eslatib o'taman ushbu tanlovda filialimiz talaba yoshlari ishtirok etishlari mumkun.

Tayorlagan videoroliklaringizni @Bobur_Nomurodov profiliga yuborasiz.

Tanlov haqida savollar bo'lsa ya'ni menga @Sarvar_Suvonov profiliga murojat qilishingiz mumkun.

Bu yerda esa siz tanlov nizomi haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkun.

TANLOV NIZOMI

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Matbuot xizmati