Get Mystery Box with random crypto!

O'zJOKU iqtidorli talabalari

Telegram kanalining logotibi uzjoku_iqtidorli_talabalar — O'zJOKU iqtidorli talabalari O
Telegram kanalining logotibi uzjoku_iqtidorli_talabalar — O'zJOKU iqtidorli talabalari
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 585
Kanalning ta’rifi

✍ O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limining:
- e'lonlar,
- ilmiy maqolalar,
- konferensiyalar,
- yangiliklarni ulashuvchi rasmiy kanali!

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-07-27 09:28:11 D I Q Q A T

Joriy yilning “Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi” doirasida universitet talaba yoshlari o’rtasida “Yoshlar giyohvandlikka yo‘q deydi” mavzusi ostida rasmlar(qo‘lda chizilgan) tanlovi tashkil qilinmoqda.

Ishtirokchilarning ijodiy ishlari 29-iyul sanasiga qadar qabul qilinadi! Rasmlarni quyidagi profilga jo‘natishingiz mumkin!
Sh Abdulhakimov

1-o‘rin: Smart Watch
2-o‘rin: Fleshka
3-o‘rin: Kitob
G‘oliblar ushbu sovg‘alar bilan

UzJOKU Yoshlar Ittifoqi
247 viewsSUG'DIYONA, 06:28
Ochish/sharhlash
2022-07-21 06:45:45
Pokiston va Oʻzbekiston diplomatik aloqalarining 30 yilligi munosabati bilan insholar tanlovi!

Tanlovda 20 yoshgacha boʻlgan (20 yoshlilar ham) oʻzbek talabalari qatnashishi mumkin. Insholar 3500-4000 soʻz oraligʻida va oʻzbek tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1- va 2-oʻrinlar: smartfon va sertifikat
– 3-, 4- va 5-oʻrin: sertifikat
– Gʻoliblar va yuqori oʻrin sohiblari Pokiston elchixonasidagi taqdirlash marosimiga taklif etiladi

Insholarni qabul qilishning oxirgi sanasi: 2022-yil 5-avgust.

Batafsil
https://grantlar.uz/pokiston-va-ozbekiston-diplomatik-aloqalarining-30-yilligi-munosabati-bilan-insholar-tanlovi/

@grantlar
851 viewsSUG'DIYONA, 03:45
Ochish/sharhlash
2022-07-14 07:19:56 Ózbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari uchun qabul ôz nihoyasiga yetmoqda. Stipendiya tanlovlariga ishtirok etishni istagan talabalar 15-iyul kuni barcha hujjatlarini özi öqiyotgan fakultet dekaniga topshirishlari söraladi.

@UzJOKU_iqtidorli_talabalar
709 viewsSUG'DIYONA, 04:19
Ochish/sharhlash
2022-07-13 21:57:15 #tanlovlar

Yosh ijodkorlar uchun ajoyib imkoniyat!

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” respublika tanlovi eʼlon qiladi.

Tanlov to‘rtta yo‘nalishda o‘tkaziladi.

“Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud” yo‘nalishida mahalliy ijro etuvchi tuman/shahar hokimliklari ishtirok etadi.

“Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari o‘rtasida aniqlanadi.

“O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha va dasturiy mahsulotlar” yo‘nalishida ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari qatnashadi.

“O‘zbek tilining qudrati va go‘zalligini tarannum etgan eng yaxshi badiiy asar” yo‘nalishida yozuvchi, shoirlar ishtirok etadi.

Izoh: Mazkur yo'nalishga badiiy ijodning nasr, nazm, badiiy publisistika va badiiy tarjima janrida yozilgan asarlar qabul qilinadi.
Tanlovga topshirilgan ijodiy ishlar 2021-yilning 1-sentabridan 2022-yilning 1-sentabrigacha bo'lgan vaqtda matbuot nashrlarida e'lon qilingan yoki kitob holida chop etilgan bo'lishi lozim.
Bir muallif tanlovning faqat bir yo'nalishida ishtirok eta oladi. Oldingi yillarda ushbu tanlovda g'olib bo'lgan ishtirokchidan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi.
Tanlovga ijodiy ishlar 2022-yil 1-iyuldan 1-sentabrgacha qabul qilinadi.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha qo'shimcha ma'lumotlarni (71) 231-23-46 telefon raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin.

Tanlov shu yilning 1-iyulidan 1-sentabriga qadar o‘tkaziladi va g‘oliblar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi.

Batafsil maʼlumot:
www.til.gov.uz saytida
(71) 215-53-98, (71) 239-86-99

Respublika yosh olimlar Kengashining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalariga a'zo bo'ling:

t.me/Respublikayosholimlar_uz
instagram.com/yosholimlar_uz
fb.me/yosholimlar.uzb
610 viewsSUG'DIYONA, 18:57
Ochish/sharhlash
2022-07-09 10:49:12 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdaK4cznFTfgMuDoJVZfING9sFFsTBfyliuCo2jImafH5ldMQ/viewform?usp=sf_link
628 viewsSUG'DIYONA, 07:49
Ochish/sharhlash
2022-06-21 21:04:05
Diqqat, Diqqat Tanlov!

Yoshlar ishlari agentligi, Narkotik moddalarni nazorat qilish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi va bir qator vazirlik va idora-tashkilotlar hamkorligida "Giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida videoroliklar tanlovini e'lon qiladi.

Tanlov g'oliblari:
• 2 ta oliy o'rin - Noutbuk (Lenovo - Intel core i3)

6 ta birinchi o'rin - Velosiped
6 ta ikkinchi o'rin - Televizor (Artel)
6 ta uchinchi o'rin - Planshet bilan taqdirlanadilar. (G-Tab)

Tanlovda ishtirok etish uchun ijodiy ishlaringizni @giyohvandlikkaqarshimizbot ga yuboring.

Ijodiy ishlar 21-iyundan 29-iyun kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.

Tanlov shartlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqing.

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
980 viewsSUG'DIYONA, 18:04
Ochish/sharhlash
2022-06-21 15:02:59 https://telegra.ph/Qadring-baland-bolsin-ona-tilim-Respublika-tanlovi-06-21
756 viewsSUG'DIYONA, 12:02
Ochish/sharhlash
2022-06-21 07:16:00 https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Prezidenti-va-nomli-davlat-stipendiyalari-uchun-hujjatlar-qabuli-boshlandi-06-21
1.5K viewsSUG'DIYONA, 04:16
Ochish/sharhlash
2022-06-17 07:43:22
#ONLAYNTANLOV

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazining Internet va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo‘limi “Media va savodxonlik” onlayn tanlovini talaba-yoshlarga taqdim etadi.

Bu qanday tanlov deysizmi?
Unda siz media-savodxonlik bo‘yicha test topshiriqlarini yechishingiz lozim bo‘ladi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha 2 kun mobaynida soat 19.00da 10 tadan test savollar manaviyateduuz telegram kanalida yoritiladi.

#Onlayntanlov 18-iyundan 19-iyungacha bo‘lib o‘tadi va 20-iyun kuni g‘oliblar manaviyateduuz telegram kanalida e’lon qilinadi.

Barcha savollarga tezkorlik bilan to‘g‘ri javob bergan birinchi 10 nafar g‘oliblar Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan diplom hamda badiiy kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi.

Faol bo‘ling, bilimingizni sinab ko‘ring!

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
678 viewsSUG'DIYONA, 04:43
Ochish/sharhlash
2022-06-15 12:00:44 ​​ Xalqaro parlament stipendiyasi (IPS) Germaniya Bundestagi Prezidenti homiyligida tashkil qilingan. Dastur o‘z malakasi, shaxsiy fazilatlari va qarashlariga ko‘ra o‘z mamlakatida boshqaruv va/yoki multiplikativ funktsiyaga ega bo‘lgan oliygohlarning yosh bitiruvchilari uchun mo‘ljallangan. Germaniya Bundestagi bu yoshlarga nemis parlament tizimi bilan nazariy va amaliy jihatdan tanishish imkoniyatini beradi. IPS Germaniya va ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan uzoq muddatli siyosiy sarmoyadir.

Tanlovda ishtirok etish uchun talablar:
- O‘zbekiston fuqaroligi;
- tamomlangan oliy ta’lim;
- nemis tilini juda yaxshi bilish (minimal B2);
- siyosat va jamiyat sohasida, shuningdek, Germaniya tarixida aloqalarni o'rnatishga yuqori qiziqish;
- fuqarolik faolligi;
- yosh chegarasi: grant olish vaqtida 30 yoshgacha. (Ishtirokchining tug'ilgan sana 1993 yil 1 martdan keyin bo'lishi shart).

Arizalar 2022-yil 31-iyulgacha Toshkentdagi Germaniya elchixonasiga topshirilishi shart. Barcha hujjatlar elektron formatda quyidagi manzilga yuborilishi kerak: botschaftswettbewerb@gmail.com. Hujjatning sarlavhasida arizachining ismi va familiyasi ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Agar ishtirokchilar hujjatlarni siqish dasturi yordamida kichraytirilgan hajmda jo‘natmoqchi bo‘lsalar, faqat “.zip” kengaytmali arxiv faylini yaratuvchi dasturdan foydalanish kerak (masalan, Muster-Max.zip).

Qo‘shimcha ma’lumotni quyidagi manzildan olishingiz mumkin: https://www.bundestag.de/ips

Fayllarni yuklab olish

Facebook | Instagram
Telegram | www.uzjoku.uz
528 viewsSUG'DIYONA, 09:00
Ochish/sharhlash