Get Mystery Box with random crypto!

«Liverpul»ning yangi rahbariyat davridagi tarkibi qanday ko‘ri | Futbolchilar

«Liverpul»ning yangi rahbariyat davridagi tarkibi qanday ko‘rinish oladi?

«Liverpul» klubi o‘z egasi bo‘lgan «Fenway Sports Group» tomonidan sotuvga qo‘yiladigan bo‘ldi. Bu qaror klub muxlislari va keng futbol ommasini hayron qoldirdi. Ushbu voqelik tez orada FSG'ning mersisaydliklarga 12 yillik egaligiga yakun yasab, klub tarixida yangi sahifa ochilishiga olib keladi. Ayni damda jamoani sotib olishga bir nechta milliarder xaridorlar qiziqish bilan qaramoqda. Bu esa Yurgen Klopp uchun ayni muddao bo‘lishi mumkin...

«Liverpul»ning yangi xo‘jayin(lar) qo‘liga o‘tishi, Kloppga katta imkoniyatlar taqdim etishi mumkin. Jumladan, klub transferlar borasida kengroq tanlovlarga ega bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida Yurgen Kloppning uzoq muddatlik nishonlariga yetishiga yordam beradi. O‘sha nishonlardan biri «PSJ» yulduzi Kilian Mbappedir. 23 yoshli hujumchi yaqindagina o‘z klubini tark etish niyatida ekanini bildirgan edi. Mbappega da’vogarlar orasida «Liverpul» ham mavjud. Fr-