Get Mystery Box with random crypto!

'Real' futbolchisi: 'Men Madrid uchun yaratilganman' | Futbolchilar

"Real" futbolchisi: "Men Madrid uchun yaratilganman"

Fransiya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Aureliyen Tchuameni “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe transfer oynasi vaqtida uni Parij klubiga o‘tishga ko‘ndirmoqchi bo‘lganini aytdi.
“Biz Mbappe bilan mening transferim haqida gaplashdik. U meni o‘zining "PSJ"siga taklif qildi, lekin o‘shanda men o‘z tanlovimni amalga oshirgandim.
O‘ylaymanki, men "Real Madrid" uchun yaratilganman. Bu klub - mening taqdirim", - deydi futbolchi.
22 yoshli yarim himoyachi o‘tgan yozda "qirollik" klubi safiga kelib qo‘shilgandi. Uning transferi "qaymoqranglilar"ga 80 million yevroga tushdi. Tchuamenining Madrid klubi bilan shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.
-