Get Mystery Box with random crypto!

Xavi hatto Setyen va Kumandan ham past... Mu | Futbolchilar

Xavi hatto Setyen va Kumandan ham past...

Muxlislardan biri «Barselona» bosh murabbiylari ishini alohida tahlil qilib chiqdi. Bunda ularning o‘yinlarga nisbatan g‘alabalar foizi bo‘yicha ko‘rsatkichlari grafikada ko‘rsatib o‘tilgan.Oxirgi 35 yilda Kataloniya klubini boshqargan mutaxassislar natijasiga qiziqarli nigoh!Qulay grafikaga qarab, amaldagi bosh murabbiy Xavining g‘alaba foizi bo‘yicha ko‘rsatkichini boshqalarniki bilan osongina solishtirish mumkin. Deylik, Xavidan oldin «Barselona»ni boshqargan Ronald Kuman Kataloniyadagi debyut mavsumida jami o‘yinlarning 65 foizida g‘alabani ta’minlagan. Xavida esa bu ko‘rsatkich 20 oktyabr holatiga ko‘ra, 62 foizga teng. Niderlandiyalik ham, kataloniya­lik ham Luis Enrike qayd etgan eng yuqori ko‘rsatkichdan ancha uzoqda. Binobarin, ispaniyalik mutaxassis mohiyatan mavsum-2014/2015da rekord o‘rnatgandi. O‘shanda jamoa boshqaruvini Xerardo Martinodan qabul qilib olgan Enrike naq 83 foiz o‘yinda g‘alaba nashidasini surgan. -