Get Mystery Box with random crypto!

Gvardiola kelajagini JCH-2022 vaqtida hal qiladi | Futbolchilar

Gvardiola kelajagini JCH-2022 vaqtida hal qiladi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yaqin orada jamoada davom etishi haqida qaror qabul qiladi.
Mutaxassisning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘ngida yakuniga yetadi va tomonlar shartnomani uzaytirish borasida haligacha kelishmagan.
Jurnalist Jek Gaganning xabar berishicha, Gvardiola o‘z kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorni Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun tanaffus vaqtida qabul qiladi.
Xosep Gvardiola 2016 yildan beri "Manchester Siti"ni boshqarib kelmoqda. Avvalroq u "Bavariya" va "Barselona" manfaati uchun ishlagan.
-