Get Mystery Box with random crypto!

Italiyalik yarim himoyachiga da’vogarlar ko‘paymoqda | Futbolchilar

Italiyalik yarim himoyachiga da’vogarlar ko‘paymoqda

“Sassuolo” va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Davide Fratteziga qiziqish tobora ortib bormoqda.
Avval xabar qilinganidek, 23 yoshli futbolchini "Yuventus" va "Roma" kuzatib bormoqda, "Inter" esa bahorda yarim himoyachiga da’vo qilgandi.
Tuttomercatoweb xabariga ko‘ra, joriy mavsumdagi o‘yinlari tufayli Frattezi transfer bozorida tobora ko‘proq qiziqishlarga sabab bo‘lyapti. Futbolchini o‘z safiga "Napoli" va Angliyaning "Brayton" klublari ham qo‘shib olmoqchi. “Chaykalar” ustozi Roberto de Zerbi yaqinda vatandoshining iqtidorini yuksak qadrlashini tan olgan edi.
-