Get Mystery Box with random crypto!

“Dunyo yangi pandemiya boshlanishiga tayyor emas” — JSST rahba | UzDoctor

“Dunyo yangi pandemiya boshlanishiga tayyor emas” — JSST rahbari

“Biz ushbu pandemiyadan olgan saboqlarimizga jiddiy qarashimiz va dunyoni (pandemiyaga) tayyorlash bo‘yicha tavsiyalarga amal qilishimiz kerak. Biz hali pandemiya o‘rtasida turibmiz. Dunyo tayyor emas. Agar boshqa virus tarqalsa, boshqa pandemiya boshlanadigan bo‘lsa, biz bunga tayyor emasmiz”, — dedi JSST rahbari tashkilotning ijtimoiy tarmoqlarida efirga uzatilgan matbuot anjumanida.

JSST bosh direktori, shuningdek, COVID-19 bilan kurashish bo‘yicha tavsiyalarni to‘liq amalga oshirish muhimligini ta’kidladi. Har bir mamlakatda tavsiyalarni amalga oshirish uchun juda tez harakat qilishimiz kerak, shundagina keyingi pandemiyani oldini olamiz.

2020-yil 11-mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 tarqalishini pandemiya deb e’lon qilgan edi. Joriy yilning aprel oyida butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni jami 500 milliondan oshdi.

@uzdoctors - kanalini kuzatib boring.