Get Mystery Box with random crypto!

​​YANGI O‘ZBEKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ! Hurmatli, ustozlar | UzDJTSU (Rasmiy_kanali)

​​YANGI O‘ZBEKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ!

Hurmatli, ustozlar va murabbiylar, qadrli talaba-yoshlar hamda yurtimizning barcha ilm ahlini, shu qatorda jafokash xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Ayni daqiqalarda barchaning qalbida quvonch va shodlik, g‘urur-iftixor tuyg‘ulari jo‘sh urmoqda. Sababi barchamiz uchun eng ulug‘, eng aziz hamda muqaddas ayyom – Mustaqillik bayrami yurtimiz bo‘ylab keng ravishda nishonlanmoqda. Shu o‘rinda aytish joizki, o‘tayotgan har bir davrning boshqalariga o‘xshamaydigan jihatlari, mazmun-mohiyati va o‘rni bo‘ladi. Tom ma’noda Yangi O‘zbekiston bo‘lib shakllangan davlatimiz, mana shu qisqa vaqt ichida yangicha qiyofa aks etishga ulgurdi.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, Yangi O‘zbekiston tushunchasi real voqelikka aylandi, dunyoda Yangi O‘zbekistonga nisbatan ishonch ruhi va mamalakatimiz bilan hamkorlikka intilish tamoyillari kuchaydi.

E’tiroflarga arziydigan bunday yutuqlarni, jamiyatning ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi sohalariga zamonaviy innovatsiyalarning kirib borishi, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari asosida shahar va qishloqlarimizdagi o‘ziga xos o‘zgarishlar, shuningdek, sport, ta’lim hamda ijtimoiy sohaning chuqur isloh qilinishi, raqamlashtirish kabi salmoqli ishlarda ko‘rishimiz mumkin.

Ammo Yangi O‘zbistonning asl mohiyati-yu mazmunini faqatgina yuqoridagilar bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Yangi O‘zbekistonni, inson va uning qadri, qarashlari, tafakkurining keskin o‘zgarishi bilan baholash mumkin. Barcha narsa inson uchun, uning manfaatlari uchun xizmat qilishi kerakligi, davlatning bosh siyosatiga aylandi. Bular yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar va olib borilayotgan turli chora-tadbirlar orqali yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz degan jumlalar jarangdor shiorga aylandi!

Shu fursatdan foydalanib, yana bir bor butun o‘zbek xalqini, universitet jamoasini Mustaqillik bayrami bilan samimiy qutlab qolaman. Hamisha yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lib, Mustaqilligimiz bardavom bo‘lsin!

Mahmudjon BOLTABAYEV,
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor

https://t.me/uzdjtsu_rasmiy