Get Mystery Box with random crypto!

#chempion_bilan_uchrashuv Hamkasbimiz xursandchiligi – jamoam | Uzbekistan Chess Federation

#chempion_bilan_uchrashuv

Hamkasbimiz xursandchiligi – jamoamiz xursandchiligi!

Xabaringiz bor, Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, olimpiada chempioni degan sharafli nomga erishdi.

Chempionlardan biri
Hazorasp tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimi Murodbek Iskandarovning o‘g‘li – xalqaro grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev ham o‘zining mag‘lubiyatsiz yurishlari bilan mazkur tarixiy g‘alabaga hissa qo‘shdi. Shuningdek, uning yana bir farzandi Nilufar Yoqubboyeva ham mazkur olimpiadada O‘zbekiston ayollar terma jamoasi safida munosib o‘yin ko‘rsatdi.

Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev bugun hamkasbimiz oila a'zolari bilan uchrashdi.

Davlat soliq qo‘mitasi Raisi olamshumul g‘alaba bilan Nodirbek hamda uning ota-onasini tabriklab, barcha soliqchilar Murodbek Iskandarovdan o‘rnak olishi lozimligini, farzandlar iste’dodini aniqlash va uni to‘g‘ri yo‘naltirish mana shunday natija berishini ta’kidladi. Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi Raisi buyrug‘i bilan Murodbek Iskandarovning unvoni bir pog‘ona ko‘tarildi.

Uchrashuvda xodimlar chempion bilan aql mashqida bahslashish imkoniga ham ega bo‘ldi.

Yakunda Sherzod Kudbiyev yurtimiz faxru iftixoriga aylangan Nodirbek Yoqubboyev va uning ota-onasiga, xususan, Hazorasp tumani DSI xodimi Murodbek Iskandarovga samimiy minnatdorlik bildirib, “Xumson” sanatoriysiga yo‘llanma hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdi.

DSQ Matbuot xizmati

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram