Get Mystery Box with random crypto!

BITIRUVCHILARGA IMTIYOZLAR IIV AKADEMIK LITSEYLAR 2020/2021 o | Temurbeklar maktabi》👮‍♂️《Ichki ishlar akademik litseylari

BITIRUVCHILARGA IMTIYOZLAR IIV AKADEMIK LITSEYLAR

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga qabul faqat Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlari tarkibidan amalga oshirilishi;

- Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga va Harbiy-texnika institutiga oʻqishga kirishda Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining bitiruvchilari uchun ularning test sinovlari davomida toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 10 foizi miqdorida qoʻshimcha ballar tarzida imtiyozli shartlar tatbiq etilishi;

- Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Yongʻin xavfsizligi instituti yoki Harbiy-texnika institutiga oʻqishga kirolmagan Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarning bitiruvchilarini ustunlik asosida ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish tartibi joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.