Get Mystery Box with random crypto!

#kinokarvon. | Ўзбекистон Кинематография агентлиги

#kinokarvon. Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tomonidan tashkil etilgan "Seni sog'indik bahor" shiori ostida o'tkazilayotgan  “Kinokarvon” loyihasi ishtirokchlari Jizzax viloyatining “Sharof Rashidov”tumanidagi O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa qo'shinlari va harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qismda bo'lishdi. Dastlab tadbir muddatli harbiy xizmatni o'tab bo'lgan harbiy xizmatchilarga Oliy ta'lim muassasalariga kirish tavsiyanomalarini topshirish marosimi bilan boshlandi. So'ngra, kinoijodkorlar 30 April kuni o'tkaziladigan referendumning yurtimiz, halqimiz uchun ahamiyati haqida gapirib, barchani unda faol ishtirok etishga chorladilar. Shu bilan birga so'nggi yillarda suratga olinayotgan harbiylar hayotiga bag'ishlangan filmlar haqida so'z yuritdilar.
КINEMATOGRAFIYA AGENTLIGI AXBOROT XIZMATI

Website | Facebook | Instagram | Youtube