2022-03-01 16:13:55
Zelenskiy Yevropa parlamentida nutq soʻzladi:
“Har bir maydon Ozodlik maydoniga aylanadi. Bizni hech kim vayron qila olmaydi. Istagimiz — farzandlarimiz yashashi. Menimcha, bu adolatdan boʻladi, chunki kecha 16 nafar bola halok boʻldi. Va yana Putin buni qandaydir operatsiya deb izohlaydi. Farzandlarimiz qaysi harbiy bazada harakatlanmoqda, qanday tanklarda yurishibdi?
Azizlar, bizning gʻayratli xalqimiz bor. Biz doimo oʻz huquqlarimiz, erkinligimiz, hayotimiz uchun, ayni damda esa omon qolish uchun kurashyapmiz. Biz Yevropaning teng huquqli aʼzosi boʻlish uchun kurashyapmiz. Biz bilan Yevropa Ittifoqi yanada kuchliroq boʻladi. Oʻz kuchimizni albatta isbotlaymiz. Siz biz bilan ekanligingizni isbotlang, yevropalik ekanligingizni isbotlang, shunda hayot oʻlimni, yorugʻlik esa zulmatni yengadi. Ukrainaga shon-sharaflar!".
burchakostida
UZBEKISTAN NEWS
Kanalimizga Obuna bo'ling
https://t.me/joinchat/TgTu9PvWAodS1uuq
3.4K viewsБахтиёр Эргашев, 13:13