Get Mystery Box with random crypto!

​​Germaniyada yoshlar o'rtasida sport va futbol bayrami bo'lib | Internationale Jugendorganisation Usbekistans in Deutschland

​​Germaniyada yoshlar o'rtasida sport va futbol bayrami bo'lib o'tdi

Joriy yil 5-iyun kuni Germaniyaning Frankfurt shahrida o'zbek yoshlarining VIII sport va futbol uchrashuvi bo'lib o'tdi. O'zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi, O'zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi konsulligi, "Davra" hamda "Humo" o'zbek-olmon jamiyatlari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Germaniyada o‘z tahsil olayotgan talaba-yoshlar, mehnat faoliyatini olib borayotgan 300 dan ortiq o'zbekistonliklar, diaspora vakillari ishtirok etdi.

Tashkil etilgan ushbu futbol uchrashuvida yoshlar jamoalarga bo'lingan holda maydonga tushishdi. Qizg'in o'tgan uchrashuv yakuniy bosqichida Myunxen hamda Dortmund shahri jamoalari davra kubogi sohibligi uchun bahslashishdi. Yakunda esa Dortmund shahri jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. Uchrashuv so'nggida g'oliblarga O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi nomidan esdalik sovg'alari taqdim etildi.

Shuningdek, turnir doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, unda kelgusi qo'shma loyihalar ustida kelishuvlarga erishildi. Uchrashuvdan so'ng mehmonlarga o'zbek milliy palovi ham tortiq etildi.

Telegram | Instagram | Facebook |

www.wayu.uz