Get Mystery Box with random crypto!

Dasturlashni qanday boshlash kerak? Dasturlash va dasturchi ha | Maqola Time in Uzbek coders

Dasturlashni qanday boshlash kerak? Dasturlash va dasturchi haqida ma'lumot.
(Maqolani oxirigacha o'qing!)
Masalan
, siz dasturlash tugul, IT ni kuchuk bilan tenglashtiradigan odamsiz, masalan! Kompyuterdan faqat GTA o'ynash uchun foydalanasiz. Dasturchini kompyuter ustasi deb o'ylaydigan odam deyishingiz mumkin. Lekin dasturlash olamiga kirib kelgandan so'ng sizning dunyoqarashingiz butunlay o'zgaradi. IT — bu katta olam. Dasturchi — bu "sehrgar". Lekin shu dunyoqarashga ega bo'lish uchun nima qilish kerak?
Siz avvalombor dasturlash nimaligini bilishingiz kerak! Dasturlash — bu biror bir muammoni kompyuter "tilida" yechish. Dasturlash tili — bu kompyuter tushunadigan til, ya'ni siz biror bir muammoni hal qilayotgan paytingiz kompyuterga buni tushuntirishingiz kerak. Kompyutergan tushuntirish uchun o'sha tilni siz ham bilishingiz kerak. Dasturlashning o'zining xillari bo'lib, ular juda-juda ko'p. Python, Java, Javascript, C++,C, C#, Swift, Ruby, Rust, PHP... Ular juda ko'p Lekin ularning hammasi ham zo'r emas. Shaxsan o'zim Python, Java, C++ni ma'qullayman. Chunki ular funksional. Funksionallik nima? Bu tilining qo'lidan keladigan ishlari. Masalan, siz salto otishni bilmaysiz, lekin bir do'stingiz saltoni ham, boshqani ham biladi. Bu uning mahoratliligidan dalolat. Dasturlash tillarida ham shunaqa. Qancha ko'p mahoratli bo'lsa, shuncha u foydali. (davomi pastda)