Get Mystery Box with random crypto!

Qozogʻiston Markaziy Osiyoda giyohvand moddalar ishlab chiqari | UzA | Rasmiy kanal

Qozogʻiston Markaziy Osiyoda giyohvand moddalar ishlab chiqarish markaziga aylandi

Bu haqda Qozogʻiston IIV maʼlum qildi. Taʼkidlanishicha, soʻnggi 4 yil ichida mamlakatda “sintetika” aylanmasi 10 barobar oshgan. Shu bilan birga, u qoʻshni mamlakatlarning “bozorlarini” ham faol ravishda toʻldirmoqda.

Bu yerda asosiy muammo “sintetika” ishlab chiqarish uchun qonuniy kimyoviy moddalar va uskunalardan foydalanish bilan bogʻliq. Ularning noqonuniy savdosi uchun javobgarlik yoʻq. Shu munosabat bilan qoʻshni davlatda giyohvand moddalarni noqonuniy ishlab chiqarish uchun 15 yildan 20 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni joriy etish masalasi koʻrib chiqilmoqda.