Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentning 5 ta tumanida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinch | UzA | Rasmiy kanal

Toshkentning 5 ta tumanida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

“Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berishicha, ta’mirlash ishlari tufayli Yunusobod, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek, Sergeli va Yangihayot tumanlarining bir qator hududlarida 4 iyun kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
– Yunusobod tumanida soat 10:00 dan 18:00 gacha: “Matonat” MFY,

–Shayxontohur tumanida soat 10:00 dan 18:00 gacha: “Labzak” MFY Bahor ko‘chasi,

–Mirzo Ulug‘bek tumanida soat 10:00 dan 17:00 gacha: M.Riyoziy, S.Mashhadiy va Mahtumquli ko‘chalarida,

– Sergeli tumanida soat 11:00 dan 17:00 gacha: Sergeli 6a mavzesi, “Eshonbuloq” MFY Muqanna ko‘chasi,

–Yangihayot tumanida soat 14:00 dan 17:00 gacha: “Yangi Darxon” MFY tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilganidan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/604593