Get Mystery Box with random crypto!

Ijtimoiy tarmoqlarda ochiq osmon ostida Chevrolet avtomobilla | UZAUTO MOTORS UZ/РУ

Ijtimoiy tarmoqlarda ochiq osmon ostida Chevrolet avtomobillari saqlanayotgani aks etgan video tarqaldi.

Mazkur video yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, u Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi diler hududida tasvirga olingan bo‘lib, holat yuzasidan 2 hafta oldin chora ko‘rilgan. Ushbu avtomobillar dilerga avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha mijozlarga tarqatish uchun yetkazib berilgan. Yangi avtomobillarni saqlash talabini buzganligi uchun kompaniya tomonidan dilerga nisbatan allaqachon zaruriy choralar ko‘rilgan va bu bo‘yicha unga jarima sanksiyasi qo‘llanilgan.

UzAuto Motors har bir ishlab chiqarilayotgan avtomobilning ishlab chiqarish davridan tortib to dilerdan mijozga yetkazgunga qadar bo‘lgan har bir bosqich uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

Videodagi avtomobillarning likvidsizligi haqidagi izohlarga kelsak, UzAuto Motors 2024-yilda avtomobillarga bo‘lgan talabni bajarish maqsadida zavod ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada oshirganini alohida ta’kidlamoqchimiz. Bu bir qator avtomobillarni kutishlarsiz, shu zahoti sotib olish uchun yetarli zaxirani yaratishga, shu bilan birga mavjud Chevrolet modellarining kutish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish imkonini berdi.

Shuningdek, kompaniya auditoriya ketidan quvib, bunday voqealardan sensatsiya yaratmaslikka chaqiradi.

UzAuto Motors yuzaga keladigan muammolarni muhokama qilish uchun doimo ochiq, qolaversa jamoatchilik kompaniyaga bunday holatlar yuzasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri xabar berishi mumkin.