Get Mystery Box with random crypto!

Navro‘z tantanasi birdamlik va rizq-ro‘z bayrami. Nurafshon sh | UzAuto_official

Navro‘z tantanasi birdamlik va rizq-ro‘z bayrami. Nurafshon shahrida joylashgan “Nurafshon avto centre” dilerlik markazi yosh-u katta, bolalar o‘yin-kulgusi, quvonchi va zavqi bilan har galgidan-da gavjum. Shodiyona munosabati bilan mazkur hududda istiqomat qiluvchi kam ta'minlangan, nogironligi bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj 100-ga yaqin oilalar uchun bayram dasturxoni yozilib, Navro‘zning shohona taomi – sumalak, osh, ko‘k somsalar pishirildi hamda ularga tortiq qilindi. Bularning hammasi aholini yanada jipslashtirish, bir-birlariga nisbatan mehr va muruvvatni yanada mustahkamlash yo‘lidagi hayrli tashabbusdir.

https://telegra.ph/UzAuto-Nurafshonda-Navroz-sayli-Yangilanish-mehr-oqibat-ayyomi-xalqimizni-birlashtiradi-03-21