Get Mystery Box with random crypto!

UzAuto Motors kompaniyasi dilerlik korxonalar mutaxassislari u | UzAuto_official

UzAuto Motors kompaniyasi dilerlik korxonalar mutaxassislari uchun yangi Chevrolet Onix 2023 loyihasining tayyorgarligi bo‘yicha trening o‘tkazdi.

Treninglarda texnik xizmat ko’rsatish markazlarining rahbarlari, diagnostikachilar, kafolat bo‘yicha muhandislar, motoristlar, elektromontyorlar, savdo agentlari ishtirok etishdi.

Mashg’ulot davomida dilerlik korxonasi vakillari yangi Chevrolet Onix 2023 avtomobil modeli bo'yicha barcha zarur ma’lumotlar bilan tanishishdi: xavfsizlik tizimi, uzatmalar qutisi, rul boshqaruvi, tormoz tizimi, kuzovni ta’mirlash, avtomobil elektronikasi parametrlarini o’rganishdi. Olib borilgan barcha o’quv mashg’ulotlar amaliy tarzda bo’lib o’tdi.

Facebook | Instagram | Web | YouTube