Get Mystery Box with random crypto!

“Uzauto Motors” AJning kredit reytingi B+ (Barqaror kutilma)da | UzAuto_official

“Uzauto Motors” AJning kredit reytingi B+ (Barqaror kutilma)dan BB- (Barqaror kutilma)ga ko‘tarildi va O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingiga tenglashtirildi. Ushbu natija “Fitch Rating” xalqaro reyting agentligining joriy yilning 13-dekabrdagi kredit reytingi bo‘yicha navbatdagi hisobotida e’lon qilindi.

“Fitch Rating” agentligi “UzAuto Motors”ning kredit reytingini kompaniyaning mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati ortib borayotgani, avtomobillar ishlab chiqarish va sotishning o‘sish sur’atlari, modellar qatorining yangilanishi, shuningdek, moliyaviy natijalarning izchil yaxshilanib borayotgani munosabati bilan oshirdi.

Batafsil ma'lumotlarga: https://telegra.ph/UzAuto-Motors-AJ-xalqaro-kredit-reytingini-oshirdi-12-14