Get Mystery Box with random crypto!

2022-yil 6-dekabrda Ozarbayjonning Baku shahrida «Uzavtosanoat | UzAuto_official

2022-yil 6-dekabrda Ozarbayjonning Baku shahrida «Uzavtosanoat» АJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzakovning Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikoil Jabbarov hamda «GM International»ning global xaridlar va yetkazmalar zanjiri bo‘yicha vitse-prezidenti Jonni Saldan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

UzAuto tomonidan Ozarbayjonda yirik tarmoqli avtomobil yig‘ish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muvaffaqiyatli hamkorlik natijasida mamlakatda zamonaviy yuqori texnologik avtomobil ishlab chiqarishni rivojlantirishda tomonlarning o‘zaro manfaatdorligi oshdi.

Uchrashuv davomida tomonlar avtomobilsozlik sohasida o‘zbek-ozarbayjon hamkorligi va kooperatsiyasini kelgusida rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuv ishtirokchilarining asosiy muhokama mavzusi UzAuto'ning yangi avtomobil rusumlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va mahalliylashtirishni chuqurlashtirish bo‘ldi. 

Batafsil ma'lumotlarga:

https://telegra.ph/UzAuto-ozbek-ozarbayjon-hamkorligi-kengaymoqda-12-09