Get Mystery Box with random crypto!

Chevrolet TRACKER 2023: eksteryerining o'xshash joylari va far | UzAuto_official

Chevrolet TRACKER 2023: eksteryerining o'xshash joylari va farqlari.

Bu yilning eng mashhur avtomobillaridan birining komplektatsiyasi nima bilan farq qilishini bilmoqchimisiz?

Bugun biz bu haqda ma'lumot beramiz.

Premier komplektatsiyasida mustahkam ABS plastikdan yasalgan pastki bamper himoyasi mavjud, LS va LTZ esa yo'q.

Kuzov rangidagi tutqichlar Premier'da xrom qo'shimchalar bilan jihozlangan, lekin LS va LTZ'da qo'shimchalar yo'q. Premier va LTZ komplektatsiyalari salonga kalitsiz kirish funksiyasiga ega.

LS va LTZ modellarida 16 dyuymli yengil eruvchi g'ildiraklar, Premierda — 17 dyuymli yengil eruvchi g'ildiraklar mavjud.

LS va LTZ avtomobillarida galogen chiroqlar, Premier'da esa LED chiroqlar o'rnatilgan.

LS va LTZ komplektatsiyalarida galogen orqa chiroqlar, Premier komplektatsiyasida esa LED chiroqlar o'rnatilgan.

Premer'dagi burilish chiroqlari ko'zgularda, LTZ va LS komplektatsiyalarida — kuzov qanotida joylashgan.

Panoramali lyuk Premier komplektatsiyasida mavjud.

Orqa parktroniklar faqat LTZ va Premier komplektatsiyalarida bo, ushbu opsiya LS komplektatsiyasida mavjud emas.

Orqa ko'rinish kamerasi faqat LTZ va Premer komplektatsiyalarida bor, ushbu opsiya LS'da mavjud emas.

Interyerdagi farqlarni bilmoqchimisiz? Biz bilan qoling. Tez orada ular haqida sizga aytib beramiz.