Get Mystery Box with random crypto!

European Institute of Applied Science and management tomonidan | UzAuto_official

European Institute of Applied Science and management tomonidan Chexiya Respublikasi, Praga shahrida tashkil etilgan o'quv-amaliy seminarida "Autosanoat agro lizing" rahbari boshchiligida xodimlar Yevropa lizing bozori bo'yicha malaka oshirish bilan bir qatorda, o'zaro tajriba ham alishmoqdalar.

O'qish jarayonida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy o'rganishlar ham yo'lga qo'yilgan.

Skoda kompaniyasining aotuv bo'yicha sobiq top menedjeri Jiri Bohacek Chexiya Respublikasi lizing bozori haqida ko'p yillik tajribasidan kelib chiqib, batafsil ma'lumotlar berib o'tdi.

Seminar doirasida Chexiya Respublikasi Markaziy bankiga tashrif buyurildi. Bu yerda mamlakat bank-moliya bozorida amalga oshirilayotgan ishlar, uning tarixi, kelajak rejalar bo'yicha mutaxassislardan ma'lumotlar olindi.

CSOB Leasing mamlakatdagi yetakchi lizing kompaniyalardan biri. Seminar ishtirokchilari mazkur kompaniya faoliyati bilan bevosita tanishish maqsadida tashkilot ofisiga tashrif buyurdilar. Chexiya hamda O'zbekiston lizing tashkilotlari o'rtasidagi o'xshashliklar, farqlar, lizing foizlari, muddatlari, tartiblari bo'yicha muloqot qilindi. "Autosanoat agro lizing" rahbari B. Karimov hamda CSOB Leasing menejeri Sergej Vlaciha o'zaro hamkorlik qilish, tajriba o'rtoqlashib turish bo'yicha muzokara o'tkazdilar.

O'quv-seminar davom etmoqda.

"Autosanoat agro lizing"
matbuot xizmati

Facebook | Instagram | Web | YouTube