Get Mystery Box with random crypto!

“UzAuto Motors” AJ malakali kadrlarni ishga jalb etish maqsadi | UzAuto_official

“UzAuto Motors” AJ malakali kadrlarni ishga jalb etish maqsadida, joriy yilning 17-avgust kuni “uzautojobs.uz” portalida tanlov e’lon qildi

Nomzodlar tanlov asosida 4 bosqichda ishga qabul qilinadi. Bular: 1-bosqich test topshirish jarayoni bo’lib, bunda nomzodlarning bilim ko'nikmalari baholanadi. Testdan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar 2-bosqich, ya’ni jismoniy tayyorgarlik sinovidan o’tkaziladi. Mashqlarda yaxshi natija ko’rsatgan nomzodlar, 3-bosqich – amaliy mashg’ulotlar bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishadi. Uchala bosqichdan ham yaxshi natijani qayd etgan nomzodlar bilan esa maxsus qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida yakuniy suhbat jarayoni bo’lib o’tdi. Yakuniy suhbat natijasiga ko’ra, 500 nafarga yaqin nomzodlar ishga qabul qilindi.

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar uzautojobs.uz saytiga murojaat qilishlari mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon raqami:+99 8 78 141 77 77

Facebook | Instagram | Web | YouTube