Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentyabdrda qabul qil | UzASBO ДМ бўйича янгиликлар ва маълумотлар

O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentyabdrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi Qonuniga asosan Farg‘ona viloyatining So‘x tumani, Rishton tumanining Cho‘ng‘ara mahallasi, shuningdek Farg‘ona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa — 2 ko‘chasi soliq solishning alohida tartibiga ega O‘zbekiston Respublikasining alohida hududlari ekanligi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirish chog‘ida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 1 foiz miqdorda hisoblanishi belgilab qo'yildi. Qonunchilikdagi mazkur o'zgarishni amaliyotda qo'llash uchun dasturga quyidagi qo'shimchalar kiritildi:

- salary.mdm.uz'ning Ma'lumotlar-Tashkilot ma'lumotnomasi-Xodimlar qismida ma'lumot kiritish oynasiga Daromad solig'idan imtiyoz tugmasi va ma'lumotlar ro'yxatiga shu nomli ustun qo'shildi. Bu tugma faqat yuqorida ko'rsatilgan hududlardagi byudjet tashkilotlaridagina ko'rinadi. Shu tugmaga bayroqcha qo'yilgan xodimlarda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i 1 foiz miqdorida hisoblab chiqariladi. Tashkilotning o'zi boshqa hududda joylashgan bo'lib, alohida hududda ishlaydigan xodimlari bo'lsa, unda faqat mazkur xodimlarda ushbu tugmaga bayroqcha qo'yiladi.

- Xodimning FIO, STIR, Daromad solig'idan imtiyoz, JSHSHIR, plastik karta hisobraqami va bankdagi FIO kabi ma'lumotlariga kiritilgan o'zgarishlar dastur xotirasida saqlanib boradi. Endi mazkur o'zgarishlar tarixida uni amalga oshirgan foydalanuvchining FIO ham ko'rinadigan qilindi. Bu dastur foydalanuvchilari o'zlariga berilgan loginlardan to'g'ri foydalanishini ta'minlashga ham xizmat qiladi.

Qonunda mazkur o'zgarishning 2021-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etilishi ko'rsatilgan. Bu shu vaqtgacha hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ining xodimlarga qaytarib berilishi kerakligini bildiradi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Dasturdagi_yangiliklar

Kanalga ulanish:
@uzasbouz