Get Mystery Box with random crypto!

Xotin-qizlar tavsiyanomasiga ega abituriyentlar diqqatiga! #ab | Dtm.uz | Davlat test markazi

Xotin-qizlar tavsiyanomasiga ega abituriyentlar diqqatiga!
#abituriyent   #qabul2024

Koʻplab abituriyentlardan ularga xotin-qizlar tavsiyanoma berilgani toʻgʻrisida SMS xabar kelgani, lekin my.uzbmb.uz saytida tavsiyanoma maʼlumotlari chiqmayotgani boʻyicha murojaatlar kelib tushmoqda.

Maʼlumki, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan besh yillik ish stajiga ega xotin-qizlar va ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga OTMga krish uchun tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanoma berish jarayoni yakunlangandan soʻng tavsiyanoma olgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Bilimni baholash agentligiga taqdim etiladi.

Ushbu jarayon hali yakunlanmagani sababli abituriyentlarning shaxsiy kabinetida xotin-qizlar tavsiyanomasiga oid maʼlumotlar aks etmayapti.

Nima qilish kerak?

Roʻyxatdan oʻtish uchun tavsiyanomani kutish shart emas. Hozirning oʻzida roʻyxatdan oʻtib, fanlar majmuasini tanlash mumkin.

Qoʻmita tomonidan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishi (hafta oxirida taqdim etilishi kutilmoqda) bilan my.uzbmb.uz saytida bu maʼlumotlar aks etadi.


Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy