Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi My.gov.uz o | Bloknot

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

My.gov.uz orqali abituriyentlarni 2023—2024 - o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlardan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi (165 000 soʻm) miqdorida toʻlov undiriladi.

Quyidagi toifaga kiruvchi abituriyentlar toʻlovdan ozod etiladi:

– test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilida taʼlim muassasalarini bitirganlar;
– I, II va III guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
– «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
«Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar;
toʻliq davlat taʼminotidagi shaxslar.

Roʻyxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etishini hisobga olib, abituriyentlar oxirgi kungacha oʻz maʼlumotlarini oʻzgartirishi, chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikat olganlar ular haqidagi maʼlumotlarini keltirishi mumkin boʻladi.

Bloknot