Get Mystery Box with random crypto!

_atmosphere️

Telegram kanalining logotibi uuktamova — _atmosphere️ A
Telegram kanalining logotibi uuktamova — _atmosphere️
Kanal manzili: @uuktamova
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.02K
Kanalning ta’rifi

A girl who is making progress
• My mood changes in a 0.5 second
• So emotional
@Writingland_bot | shu yerdaman
@only_englishland | education only
Uktamova teacher @uktamovacomments
Birinchi muxlisim - onam❤️‍🔥

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-24 07:24:08 00:30 | @uuktamova
391 viewsuktamova, edited  04:24
Ochish/sharhlash
2022-12-23 23:15:41 Bekor katta boʻlyapmanda. Bolaligimda dunyo chiroyli edi..
Oson edi.
Tushunarli edi.
Yoqimli edi.
Bolaligimda hamma yaxshi narsalar menga edi. Hech kim menga ichim kuyda achchiq qalampir tutmasdi. Hech qachon yaram ustiga tuz sepmasdi.
Bolaligim oson edi. Erishilmagan narsalarimga bitta erkalanishim va yoki koʻz yoshlarim bilan erishardim. Ermak uchun ham koʻz yosh toʻkardim... toʻkishmasdi. Doʻstim ustimga tuproq sochsa, men unga loy otardim. Lekin, shu loy-tuproq qoʻllarimiz bilan bir-birimizni quchoqlardik.
Bolaligim tushunarli edi. Men multfilmda koʻrganim - kesib chiqish eng yaqin yoʻl, degan fikrni afzal bilardim.
Bolaligim yoqimli edi. Xato qilib qoʻysam, meni yomon koʻrishmasdi. Nafrat koʻzlari butun vujudimni teshib oʻtmasdi. Mobodo, qilgan xato ishim uchun ham otam urishsa onamga, onam urishsa otamga borib aytardim. "Hozir, shoshmay turgin. Boplaymiz.."- koʻnglimni osmon qadar koʻtarardi..
Eh, bekor katta boʻlyapmanda..

@uuktamova (rejalashtirilgan xabar)
505 viewsuktamova, edited  20:15
Ochish/sharhlash
2022-12-23 17:45:14 Ancha narsa sizda oʻzgaradi, shu 50ta kitobdan soʻng.
2023 uchun...

1. Qur'oni Karim.
2. Lolazor. Murod Muhammad Do'st.
3. Da Vinchi Siri. Den Braun.
4. Saodat asri qissalari. Ahmad Lutfiy Qozonchi.
5. 1984. Jorj Oruel.
6. Molxona. Jorj Oruel. (Eski nomi Hayvonlar ho'jaligi edi o'qiganimda).
7. Evrilish. Frans Kafka.
8. Kitob o'g'risi. Markus Zusak.
9. Harry Potter. J.Rouling.
10. Sherlok Holmes Hikoyalari. Konan Doyl.
11. A Tale of Two Cities. (Povest o Dvux gorodax). Charlis Dikkins.
12. Qor. O'rxon Pomuq. (Bu asar yo turkcha yo ruscha bo).
13. Muza. Ivan Bunin. (Ruschasi bo).
14. Mantiq ut-tayr (qush tili). Fariddin Attor.
15. Usta va Margarita. Mixail Bulgakov.
16. Uch og'ayni. Remark. (SSR davrida rosa mashxur kitob).
17. Telba. Dostoevskiy.
18. Begona. Alber Kamyu. (Judayam g'alati asar.)
19. Azizim. Mopassan.
20. Qizil va qora. Stendal.
21. Urush va tinchlik. Tolstoy. (Bu katta asarga katta sabr kerak).
22. Uliss. Jeyms Joys.
23. Jarayon. Frans Kafka.
24. Aka uka Karmazovlar. Dostoevskiy.
25. Alkimyogar. Paolo Koeli.
26. O'gay ona. Ahmad Lutfiy Qozonchi.
27. Mo'jizalar sodir bo'lmaydi. Li Myon Bak.
28. Kichik Shahzoda. Antuan de Sent Ekzyuperi
29. Otamdan qolgan dalalar. Tog'ay Murod.
30. Farengeyt bo'yicha 451 gradus. Rey Bredberi.
31. Qaynona. Ahmad Lutfiy Qozonchi. ( Shu kitobni oilalilarga tavsiya qilish kerak).
32. Dunyoning ishlari. O'tkir Hoshimov.
33. Lolita. Vladimir Nabokov.
34. Jinoyat va Jazo. Dostoevskiy.
35. Fault in our stars. Jon Green. (Man turkchasini o'qiganman "Ayni Yildizin altinda".)
36. Mein Kraft. (Mening Urushim). Adolf Gitler.
40. Katta savollarga qisqa javob. Steving Hoking.
41. Boy ota kambag'al ota. Robert Kiyosaki.
42. Das Kapital. Karl Marks. (Kapitalizm haqida to'liq ma'lumot).
43. Kayböluş (G'oyib bo'lish yoki yo'qolish). George Perec. (Originali - La Disparition. Bu Fransuzcha yozilgan 200 betdan ziyod kitob va Unda bironta ham "E" harfi qo'llanilmagan. Turkcha tarjimasini o'qidim hattoki tarjimada ham "E" unli harfi umuman 200 betda bitta ham chiqmaydi. Daxshat. Asar bir odam g'oyib bo'lishi va uni qidirish bilan o'tadi.)
44. Farishtalar va Shaytonlar. Den Braun.
45. Ibtido. Den Braun. (Yaqinda o'zbekcha tarjimasi paydo bo'ladi.)
46. Tentakning hayot tajribasi. Mirzakarim Norbekov.
47. Umar ibn Xattob. Ahmad Lutfiy Qozonchi.
48. Marten Iden. Jek London.
49. Anna Karenina. Tolstoy.
50. (Shu yer bo'sh qolsin. Hali yana zo'r asarlar chiqib qoladi.)
Manba: Niyatga bogʻliq

@uuktamova uchun reja
492 viewsuktamova, edited  14:45
Ochish/sharhlash