2022-08-02 13:57:08
Bugun, 2-avgust kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov, Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Sherzod Kudbiyev boshchiligidagi federatsiya mutasaddilari, murabbiylar va sportchilar ishtirok etishdi.
Kun tartibidan bir qator masalalar, jumladan Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasining yangi ustavi va tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, federatsiya bosh kotibi, rais oʻrinbosarlarini va hududiy boʻlinmalar rahbarlarini tanishtirish va sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilab olish belgilandi.
Konferensiyada Stol tennisi raisi soʻzga chiqar ekan, ortda qolgan yillarda sohada ancha muammolar yigʻilib qolganligini, endilikda bu muammolarni hal qilish yoʻllari ustida ishlash kerakligi haqida gapirib oʻtdilar. Shuningdek, Oʻzbek stol tennisini jahon darajasiga olib chiqish uchun barcha sharoitlar yaratilib berilishini va kerakli infratuzilma yaratishini maʼlum qildilar.
Shundan soʻng, kun tartibidan oʻrin olgan asosiy masala — federatsiya bosh kotibi va rais oʻrinbosarlarini tanishtirildi. Unga koʻra, Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasining yangi bosh kotibi etib “Soliq — servis” DUK direktori Pardayev Sherzod Sharobidinovich tayinlandi. Pardayev Sherzod Sharobidinovich soʻzga chiqib, respublikada stol tennisni yangi bosqichga olib chiqish borasida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar. Federatsiyaning ijrochi direktori sifatida esa stol tennisga qiziqadigan inson, tadbirkor Muzafarov Oybek Baxodirovich nomzodi tasdiqlandi. Shuningdek, O'zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisining o'rinbosarlari ham tayinlandi.
Tadbir so'nggida, Sherzod Kudbiyev yana bir bor so'zga chiqib, har bir hududiy bo'linmalarga qo'shimcha vazifalar berdilar.
Shu tariqa, Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi yakuniga yetdi
399 views10:57