Get Mystery Box with random crypto!

​​ Nimaga maktablar kechki soat 18:00 dan keyin yopiq?» — Prez | Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

​​ Nimaga maktablar kechki soat 18:00 dan keyin yopiq?» — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi chogʻida viloyat yoshlari bilan suhbatda maktablar kechki soat 18:00 dan keyin yopiq turganini tanqid ostiga olib, maktablarda kechki payt mushoiralar qilib, gulhan yoqib, atrofida bayramlar qilish kerakligini aytdi.

Davlat rahbarining aytishicha,
«yoshlarning dardini bilmas ekanmiz, hech qachon bizda taraqqiyot boʻlmaydi».

«Joylarda oʻzgarishlar boʻldi. Fransiyaga borganimizda koʻrdim, ular bizning uzoq tariximiz va buyuk bobolarimiz borligiga qoyil qoldi. Navoiy viloyati soʻnggi 2-yilda oliy ta’limga kirishda respublikada yuqori oʻrinni egallayapti va boshqa sohalarda ham shunday boʻlyapti.

Tasdiqlangan hokimga birinchi topshirigʻim — yoshlar boʻyicha yangi tajribani joriy etish boʻldi. Komissiya rahbarning oʻzi ham hokim boʻladi.

Nimaga maktablar kechki soat 18:00 dan keyin yopiq? Nimaga maktablarda kechki payt mushoiralar boʻlmaydi? Gulxan yoqib, atrofida bayramlar boʻlmaydi? Buni ham qilish kerak», — deydi davlat rahbari.


https://t.me/ustozlar_uchun