Get Mystery Box with random crypto!

​​ TOIFASI OSHGAN PEDAGOGLARNING PULLARI TO‘LANISHI KERAK. M | Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

​​ TOIFASI OSHGAN PEDAGOGLARNING PULLARI TO‘LANISHI KERAK.

Ma’lumki, yaqinda ko‘pchilik pedagog kadrlarning malaka toifalari oshirildi. Ana shu oshirilgan toifalari uchun oshgan narxdagi oyliklarni qachondan to‘lanadi degan savollar bilan Ziyoli Pedagog kanalimizga ko‘plab murojaatlar kelib tushdi.

Bizga ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarorning 48-bandida shunday yozilgan.

“Pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.”

Bundan ko‘rinib turibdiki, pedagoglarga sertifikat berilgan kundan boshlab (agar mehnat ta’tilida bo‘lsa, ishga qaytgan kunidan boshlab) oylik ish haqlari qayta tarifikatsiyadan o‘tkazilib to‘lanishi kerak.


https://t.me/ustozlar_uchun