Get Mystery Box with random crypto!

Mobil texnologiyalar yangiliklari (23.02) Ikkita kamerali, | ✅USSD_MOBILE_HELPER✅|RASMIY|

Mobil texnologiyalar yangiliklari (23.02)

Ikkita kamerali, 1600 mA/soat quvvatga ega, 4G LTE’da ishlay oladigan va boshqa ko‘plab imkoniyatlarga ega Rollme Hero soat-smartfoni namoyish etildi.

CoinDesk: dunyoda 1 millionga yaqin faol Bitcoin maynerlari (ishlab chiqaruvchilari) mavjud.

Android 12 operasion tizimida smartfonni yoqish tugmachasini 5 marta bosish orqali shoshilinch yordamni chaqirish mumkin bo‘ladi.

Guru IoT kompaniyasi (Janubiy Koreya) uy hayvonlari (mushuk yoki it) ga g‘amxo'rlik qiladigan Peddy robotini taqdim etdi.

Agar WhatsApp foydalanuvchilari 15-maygacha shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashning yangi qoidalariga rozi bo‘lmasalar, ular xabarlarni yuborish va qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.

Digitimes.com: 5G smartfonlari yetkazib berilishi 2021-yilda taxminan 550 millionga yetadi.

#mobiltexnologiyalar