Get Mystery Box with random crypto!

#endidaaa #hikoya #zerikarli #shunchaki #loooooong Men kibrli | UsmonJohn | Notes ✍🏻

#endidaaa
#hikoya
#zerikarli
#shunchaki
#loooooong

Men kibrliman.!
Ha, ishonavering! Men o'zimni sizdan ko'ra ko'proq yaxshi ko'raman, ustunroq deb bilaman. Yo'q bilaman siz meni tanimaysiz ham, ha mayli...!

Bir chorshanba kuni, (chorshanbamidi, yoki shanbami?! Bilmadim.) Ertalabda maktab formasi o'rniga futbol o'ynash kiyimlarni kiydim.(Demak shanba edi ekan, odatda Shanba 1-soat jismoniyku!)) Maktab formasini so'mkamga soldim, g'ijim bo'lmasin : Onam hafa bo'ladi. Iy ha meni Dunyodagi eng chiroyli va mexribon Onam bor ( edi, aytgandimku men kibrliman deb!) Shunday qilib uydan chiqdim, men Maktabga mahallani boshidagi nohat sotadigan holaning nevarasi Sanobar bilan ketaman. Sanobarning buvisi meni buvim bilan o'rtoq, shuning uchun birga borib kelishadi deydi, birinchi sinfda bir martagina maktabga birga borishgan xolos, keyin hammasi o'zimga qolgan.
Reja bo'yicha men uni chaqirip olishim kerak, buni qarang aslida erta tong bo'lsa, qizlar chaqirishi kerakku. Lekin o'sha paytda ham boshqacha edimda. Uni uyidan chaqirdim
- Sanobar!!!
- Hozeer, ( yo'o'o'q ayaa omiman, qizlar kulishadiiii! )
- (Uning Onasi) Bilganingni qil! Hee tan sihatlik yoqmagan!
- Sanobarrrr!!!!
- Hozeeerrrrr ( bu safar Onasimidi yoki Sanobar o'ylanib qoldim.)

Maktabga borish yo'llari har xil, lekin menga haligi kichkina derazasidan mayda rangli qandlar sotadigan xola taraf yoqadi. Bu safar o'sha tarafdan ketishimiz kerak! Chunki bu gal Sanobar qand sotib olishi kerak! Shuning uchun hamma yo'lni o'sha tarafga to'g'irlab yurdim, u esa teskarisi - u tarafga yurgisi kemadi! *** shu yerdan bu holat haqida yozishni hohlamay qoldim. Balkim biror kun aytib berarman!
Maktabga keldik! Maktabni 2 ta eshigi bor birinchisi ko'chani pastroq qismida (Asosiy eshik), yaqinroq qismida esa kichikroq eshik yo'g'e teshik bor.
Darsdan qochgan ham, darsga shoshgan ham shu teshikdan kiradi! Men ham bugun teshikdan kirgim kelib qoldi, hech qayerdan qochmayotgan yoki shoshmayotgandim.

Davomi bor(mikin?!)

@UsmonJohn_Notes