Get Mystery Box with random crypto!

Use Farosat

Telegram kanalining logotibi usefarosat — Use Farosat U
Telegram kanalining logotibi usefarosat — Use Farosat
Kanal manzili: @usefarosat
Toifalar: Rasm va fotosuratlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3
Kanalning ta’rifi

Tilingizdan gapiramiz!
Farosat – ilm bilan yuqmaydigan eng oliy nem'at (Ruxsat so'ralmoqda)
Qanday farosatsizliklarni bilasiz? Muallif bilan bog'lanish: @zafarone
Alloh barchamizdan rozi bo'lsin

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar

2022-08-21 18:05:16
Saqichni paqillatma!

Mo'min-musulmonning tilidan va tanidan boshqa birovga ozor yetmasligini xisobga olsak, ba'zi "Paq-paq partiyasi" vakillari bu fikr chegarasidan ozgina tashqariga chiqib qolishadi. Ko'pchiligimiz bu partiya a'zosi ekanligimizni o'zimiz ham bilmaymiz!

Har kuni ular bilan muloqot qilishimizga qaramay ularni farosatga chaqirmaymiz. Yonlaridan indamay o'tib ketamiz, hayo qilamiz. Lekin, xavfga qarshi barchamiz kurashmasak, uni yo'qotish qiyin bo'ladi. Shunday ekan jur'at toping, gapiring!

Biz boshladik, uyalsangiz buni tarqatib yordamlashing!

USE FAROSAT
109 views15:05
Ochish/sharhlash
2022-08-18 18:57:33
Xo'l qo'l

Ko'pchilik (erkaklar) uchun siyqasi chiqqan mavzu. Postni ko'rishingiz bilan beshni tashlagandan so'ng, qo'lni oxista ust-boshga artishga majbur qiladigan tanish, do'stlarimizni esladik, to'g'rimi?

E, qo'lini quritsa bo'lmaydimi, qo'lingni art befarosat deb ichimizda so'kkanlarimiznichi?!

Hozir bunday insonlar qolmagan bo'lsa kerak. Chunki har kimda zamonaviy "xo'l" salfetkalar bor. Shunday bo'lsa ham bu jihatga e'tibor bermasak bo'lmasdi. Bilmaganga yangilik, bilganga eslatish bo'ldi. Zero, eslatish mo'minlarga foyda berar!

SHUNDAY ODAMLARGA USE FAROSAT DEGIM KEP KETADI

PAQ do'ppi yechildi
91 views15:57
Ochish/sharhlash
2022-08-17 20:13:34
Ko'mir konidan oltin chiqmaydi

O'zi barcha bo'lmag'ur qiliq va narsalar zerikkandan chiqadi. Bu paytda inson tabiiy ravishda miyasi xohlayotgan ishni bajaradi, bular tirnoq tishlash, ruchka shiqillatish, barmoq qirsillatish, taq-tuq qilib yemagan nota yasash va rasmdagi holatdir.

Eng qizig'i burnini obdon tekshirgandan so'ng, qo'lini yuvmay so'rashishiga va ovqatlanishiga "Voo farosatbor" deyish mumkin.

Umuman burun kovlama deyish noto'g'ri. Kovlash kerak, undan keyin qo'lni ham yuvish kerak. Shunda to'g'ri ish bo'ladi.
Axir loy qo'l bilan so'rashishni hech kim xohlamaydi-ku. O'ziga ravo ko'rmagan narsani boshqalarga ravo ko'rmaslik mo'minning ishidir!

Paq, do'ppi yechildi!

USE FAROSAT
78 views17:13
Ochish/sharhlash
2022-08-17 12:41:01
Og'zingni yop, vertalyot zapravka qilib ketadi

Atrofni ko'p kuzataman, ko'pchilik e'tibor bermaydigan bir narsa bor - esnash. Esnash juda yuqumli bo'lib, agar kimdir esnaganda unga ko'z tushsa, qaragan insonni ham esnoq tutadi. Bu bir epidemiya bo'lib hammaga yuqib ketadi.

Buni oldini olishning eng oson usuli, esnoq kelganda tishlarni qattiq siqib turish kerak va esnoq tez o'tib ketadi. Agar bunga kuch yetmasa o'ng qo'l kafti, bo'lmasa chap qo'lning tashqi tomoni bilan yopiladi. Eng to'g'ri yo'l shudir.

Agar bularni hech qaysisini uddalashni imkoni bo'lmasa esnoq payti shunchaki yuzni yerga qaratish kerak. Bu hech bo'lmaganda farosatbor ligidan dalolat beradi.

Paq, do'ppi yechildi! Og'iz yopildi!
67 views09:41
Ochish/sharhlash
2022-08-16 20:11:22
Gm dsfajfj oajsdfjaov

Qachondir, qaysidir insonga ovqatlanayotgan paytida salom yoki savol bersangiz, xuddi shunday javob olasiz.

Kimdirni hijolat qilib olingan savobni qadri qanday bo'larkin. Savob turatursin, savolga javobni tezroq beraman deb tiqilib qolishga necha baho?

Dindagi fiqh, faqihlarni endi yaxshiroq tushunib boryapman. Dinning farosati fiqhdir.

Paq, do'ppi yechildi!

USE FAROSAT
69 views17:11
Ochish/sharhlash
2022-08-16 11:14:36
Trampcha besh tashla

Ba'zi birovlar bilan besh olib bo'lib, so'rashdimmi, so'rashmadimmi farqiga bormayman. Beshni oldingmi, qo'l-po'lini sindirib yubor, suyaklarini maydalab tashla), hech kim g'ing demaydi. Bir qarashda bu qo'pollik, qarshimizdagi insonni xursand qilarkan. Rostdan o'zimdan misol.

Kecha tog'amning bolasi bilan ko'rishdik. Qo'limni shu darajada qattiq siqdiki qo'limga bir nima bo'ldimikan dep o'ylap qoldim. Salomlashganda xazillashib qo'lini siqish bu noto'g'ri ish ekanligini bildim. Qoyil!

Sobiq AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan besh tashlashish kerak edi-da!

Tugadi, do'ppi yechildi.
USE FAROSAT
66 viewsedited  08:14
Ochish/sharhlash
2022-08-16 10:59:21 Ko’ngli bo’shlar o’qimasin

#paracetamol

Hech dastagi ho’l bo’lgan eshikni ochib kirganmisiz? “Ha” mi..?! Chunki, hozirgina "isitmasi 39 bo’lgan" bir kishi qo’llarini yuvganidan keyin, shu eshikning dastagiga "artgan")

Qo’llarni yuvsangiz, uni arting! Chunki ho’l qo’llaringiz bilan biror narsani ushlashingiz mumkin. Agar kimdir sizdan keyin u narsani ushlasa, “mazza” qiladi.

USE FAROSAT
59 viewsedited  07:59
Ochish/sharhlash
2022-08-15 23:37:42 Assalomu alaykum, qani boshladik!

Jamoamiz bilan xalqqa qanday mavzuda faoliyat olib borsak foydali bo'lishini o'ylab farosatda to'xtadik.

"Hech narsani o'rgatmasang ham, farosatni o'rgat" maqoli bejizga aytilmaganiga, atrofimizda juda ko'p oddiy vaziyatlarda aqlimiz boru, farosatimiz yo'qligi sabab bir-birimizga ozor, harakatimiz orqali kimnidur bilmay g'ashiga tegamiz. Yoki bir ishni yanada yaxshiroq qilishni iloji bo'lgan joyda, bizga qanday o'rgatilgan bo'lsa shunday bajaramiz.

Mana shu kichik bo'lsada, ta'siri katta bo'lgan mavzuni Alloh iroda qilgancha sizlarga yoritib berishga harakat qilamiz. Sizlar qiladigan yagona ish, siz uchun manfaatli bo'lgan har qanday ma'lumotni boshqalarga ulashishdir.

Zero, bizni ishdan sizga foyda bo'lgan bo'lsa, sizni bu ishingizdan nafaqat bizga, balki xalqimizni kelajakdagi munosabatlariga katta foyda bo'lgan bo'lardi.
58 views20:37
Ochish/sharhlash
2022-08-15 21:00:44 Bismillah
56 views18:00
Ochish/sharhlash