Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda ta’lim muassasalarida ta’til muddatini uzaytiris | Urunov Shoxijahon | Shaxsiy blog

O‘zbekistonda ta’lim muassasalarida ta’til muddatini uzaytirish taklif qilindi

Deputatlik faoliyatini yakunlagan Rasul Kusherbayev anomal sovuq ob-havoning kirib kelishi sababli O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarida ta’til muddatini uzaytirishni taklif qilmoqda.

«9-11 yanvarda respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi. 10-15 yanvarda respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘ladi.

Harorat kechalari 12-17 sovuqgacha, kunduzi 5-8 daraja sovuqgacha, shimolda kechalari 17-22 sovuqgacha, Ustyurtda va cho‘l hududlarda 25-27 sovuqgacha, kunduzi 7-10 daraja sovuqgacha, janubda va Farg‘ona vodiysida kechalari 5-10 sovuqgacha, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqgacha pasayadi. Demak hozirdanoq uylarni va ish joylarini isssiqlik bilan uzluksiz ta’minlash choralarini ko‘rib qo‘yish kerak.

Ta’lim muassasalari uchun ta’til muddatini cho‘zish masalasini ham o‘ylab ko‘rish kerak bo‘ladi» — deb taklif bermoqda R.Kusherbayev.

@geografiyavatalim - kanalini muntazam kuzatib boring