OQSOQOL 60 YOSHIDA TALABA BO‘LDI!
Mahallamiz ahlining ishonchi, tuman hokimligining qo‘llab-quvvatlashi bilan 25 yildan buyon mahalla oqsoqoliman, – deydi
Urgut tumanidagi Shodlik mahallasi raisi Rofe Nosirov. – Afsuski, oliy ma’lumot olish nasib qilmagandi. Lekin to‘rt nafar farzandimni ham universitet va institutlarda o‘qitganman. Mahallamiz yoshlarining ilm olishini ham qo‘llab-quvvatlab, rag‘batlantiraman. Mana endi davlatimiz bergan imkoniyat tufayli oltmish yoshimda oliy ma’lumotli bo‘lish baxtiga erishib turibman.
Ma’lumot uchun; Urgut tumanidan 8 nafar mahalla xodimlari Guliston davlat universitetining ijtimoiy ish fakulteti fuqarolarning o‘zi-o‘zini boshqarish organlari yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan.
Urgut tuman hokimligi axborot xizmati!
Yaqinlarni yangiliklardan xabardor qiling!
@UrgutOnline