Get Mystery Box with random crypto!

Internet orqali soxta aviachiptalarni sotgan shaxsga jinoyat i | @urgut_urgutliklar

Internet orqali soxta aviachiptalarni sotgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand shahrida yashovchi, A.K. IIBga ariza bilan murojaat qilib oʻziga soxta bilet sotgan shaxsga chora koʻrishni soʻragan.

Ma’lum boʻlishicha, Mail.ru internet-portalida oʻzini aviakompaniya agenti deb tanishtirgan shaxs Toshkent-Seul yoʻnalishi boʻyicha arzon narxlarda aviachiptalar olib berishini aytgan. Soʻng uning ishonchiga kirib, 22,5 mln soʻm pullarini oʻzlashtirib evaziga soxta aviachiptalarni taqdim etgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirgan shaxs Fargʻona viloyati Rishton tumanida yashovchi 1990-yilda tugʻilgan Q.A. ekanligi aniqlangan. Hozirda Q.A.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizning kanal
@Urgut_urgutliklar