Get Mystery Box with random crypto!

Noyabr oyida Samarqanddagi talabalarga javob beriladimi? 2022 | @urgut_urgutliklar

Noyabr oyida Samarqanddagi talabalarga javob beriladimi?

2022 yil 11-noyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti oʻtkaziladi. Ijtimoiy tarmoqlarda sammit munosabati bilan Samarqanddagi talabalarga noyabr oyida toʻliq yoki qisman ta’til berilishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Xushnudbek.uz mazkur masala boʻyicha tegishli mutasaddilar bilan gaplashgani va hozircha bunga oid hech qanaqa rasmiy qaror qabul qilinmaganini, agar biror yangilik boʻlsa, qoʻshimcha xabar berilishi haqida yozib chiqdi.

Yuqoridagi xabarlar yuzasidan tegishli tashkilotlar tezroq munosabat bildirsa yoki aniq ma‘lumotlar bersa maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Kanalga ulaning
https://t.me/+JTlvGDUuBjI2ODgy