“Dok-1 MAKS”ni ichgan bolalar gospitalizatsiyasi davom etmoqda | Urgut NEWS
“Dok-1 MAKS”ni ichgan bolalar gospitalizatsiyasi davom etmoqda. Bu holat RShTYoIMda ham kuzatilgan
Bugun, 23 dekabr kuni Samarqand viloyat bolalar shifoxonasiga “Dok-1 MAKS” preparatini ichganidan keyin ahvoli og‘irlashgan navbatdagi bola yotqizildi, u ayni paytda reanimatsiyada. 20 dekabr kuni RShTYoIM ham SSVga shu dori masalasida xat chiqargan. Kun.uz muxbiri Samarqanddagi bolalar shifoxonasida bo‘lib, shifokor va bemor bolaning onasi bilan suhbatlashdi.