Get Mystery Box with random crypto!

14-fevral Buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavall | URGANCHTRANSGAZ_INFO

14-fevral Buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuni "Urganchtansgaz" UKning Urganch QMB yoshlari tomonidan ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Temuriylar sulolasi vakili, oʻzbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyondasi, “Buyuk Boburiylar sulolasi” asoschisi – Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevral kuni dunyoga kelgan. Bu yili shoh va shoir tavalludining 540 yilligi nishonlanadi.

Zahiriddin Muhammad Bobur turkiy adabiyotning eng mashhur vakillaridan biri, o‘zining ijobiy faoliyati va kuchli siyosati bilan dunyo tarixida o‘chmas nom qoldirgan. Shu bilan birgalikda Bobur lirikasida yuksak va oliyjanob insoniy tuygʻular, adolatparvarlik, insonparvarlik tuygʻularini madh etgan.

Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim,
Ko’nglumdin o’zga mahrami asror topmadim.
Jonimdin o’zga jonni dilafkor ko’rmadim,
Ko’nglum kabi ko’ngulni giriftor topmadim.


#Urganchtransgaz_yoshlari