Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi “Urgancht | URGANCHTRANSGAZ_INFO

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi “Urganchtransgaz” unitar korxonasi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan, korxona tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Bunda mumtoz adabiyotimiz ustunlarining hayoti va ijodi bo‘yicha mutaxxassislar tomonidan ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, ishtirokchilar Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur asarlaridan na’munalar keltirib, tadbirda ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limining 2023-yilga mo‘ljallangan namunaviy ish rejasi muhokama qilinib, korxona-tashkilot boshlang‘ich tashkilot yetakchilari tomonidan mazkur ish rejaga takliflar olindi va oldinda bajariladigan vazifalar belgilab qo‘yildi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Instagram