Get Mystery Box with random crypto!

#no_comment Qurilish-montaj ishlari davom etmoqda Gazli magi | URGANCHTRANSGAZ_INFO

#no_comment

Qurilish-montaj ishlari davom etmoqda

Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan muhandislik inshooti bo'lgan “Gazli-Sarimoy” (diametri 1220 mm) gaz quvuri, "Buxoro-Ural" I, II, III tarmoq (diametri 1020 mm) gaz quvurlarining, diametri 530 mm bo‘lgan “Sarimoy-Gazli” I, II tarmoq suv quvurlarining 41,5-kilometridagi kesishmalarida qurilish-montaj ishlarini olib borilyapti

Hozirgacha “Gazli-Sarimoy” I, II tarmoq suv quvuri, "Buxoro-Ural" magistral gaz quvurining 1020 mm diametrli I tarmog‘i va 1220 mm diametrli magistral gaz quvurlarining kollektor ustidan havo orqali o‘tuvchi qismlari uchun tayanch ustunlari o‘rnatildi. "Buxoro-Ural" magistral gaz quvurining 3 tarmog‘ida gidrosinov ishlarini yakunlash va asosiy tarmoqqa ulash ishlari davom ettirilyapti.

UTG.UZ|Facebok|Instagram|YouTube|Telegram